Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroildagi o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroildagi fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
“Vaziyatning keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, xavfsiz joylarda bo‘lishni va rasmiylar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qiladi”, - deyiladi elchixona xabarida.
Favqulodda vaziyatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin: +972544851397, 03-672-2466.
Ma’lumot uchun, kecha, 7-oktabr kuni kechqurun Hamas tashkiloti Isroilga yangi raketa hujumlarini uyushtirdi.