TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Putin, Tokayev va Mirziyoyev Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishdi.
Shavkat Mirziyoyev, Vladimi Putin va Qosim-Jomart Tokayev ishtirokida "Gazprom" tomonidan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Putin, Tokayev va Mirziyoyev Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishdi.
© Sputnik Blijnee zarubejye
O‘zbekiston yangi energiya manbasiga ega bo‘ladi, Qozog‘iston shimolni gazlashtirish masalasini hal qiladi, Rossiya ishonchli yetkazib beruvchi maqomini tasdiqlaydi.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti yaqin ikki yilda Rossiya Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali O‘zbekiston Respublikasiga 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berishini eslatdi. U uch davlatning strategik sherikligi rivojlanib, xalqiga sezilarli natijalar berishiga ishonch bildirdi.
"Bunday keng ko‘lamli, o‘zaro manfaatli va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihaning tezkorlik bilan amalga oshirilishi Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston eng murakkab, har qanday, eng ulug‘vor vazifalarni hal qilishga qodir – ular hal etishga qodir ekanini ko‘rsatdi", — dedi Putin.
Putin, Tokayev va Mirziyoyev Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishdi.
© Sputnik Blijnee zarubejye
"Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin namunasidir. Biz bu sohada uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz", — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
O‘zbekiston prezidenti Rossiya va Qozog‘iston bilan energetika xavfsizligi sohasida o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali Rossiya gazi yetkazib berish jarayoni
© Uztransgaz
Uch davlat rahbarlari va energetika tizimi mas’ullari ishtirokida gaz o‘lchov stansiyasi ishga tushirildi.
"O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish tizimi ishga tushirildi va shimoliy yo‘nalishdan tabiiy gazni qabul qilish boshlandi", — deya xabar berdi O‘ztransgaz.
Qosim-Jomart Tokayevning so‘zlariga ko‘ra, davlatlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida gaz sanoati katta, alohida o‘rin tutadi. Shu bois, ushbu loyiha barcha tomonlarning manfaatlariga mos keladi.