Ushbu gaz transport koridorining ishga tushirilishi strategik ahamiyatga ega — Mirziyoyev

Putin, Tokayev i Mirziyoyev dayut start postavkam rossiyskogo gaza v Kazaxstan i Uzbekistan.
Mirziyoyev: ushbu loyihaning amalga oshirilishi energetika sohasida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin namunasidir.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Ushbu gaz transport koridorining ishga tushirilishi strategik ahamiyatga ega. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev "Gazprom" tomonidan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish marosimida ma’lum qildi.
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihaning amalga oshirilishi energetika sohasida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi muvaffaqiyatli o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin namunasidir.

"Bu hamjihatlik va jahon iqtisodiyoti muammolariga, ayniqsa, energetika xavfsizligini ta’minlashda samarali javob bera olish qobiliyatining namoyonidir", dedi Mirziyoyev.

Putin, Tokayev va Mirziyoyev Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishdi.
Mirziyoyev, Putin, Tokayev Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazishni yo‘lga qo‘yishdi