TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.
“Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” xalqaro gastronomik festivali 2017-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. U Qoraqalpog‘istonning gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.
Beshinchi marotaba tashkil etilayotgan bu yilgi festival joriy yilning 29-30 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasining Taxtako‘pir tumanida bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘istonda “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi
© Komitet po turizmu
Qoraqalpog‘istonning “Bes barmaq”, “Jugeri gurtik”, “Aqsaulaq”, “Turama”, “Mayek borek” va baliqdan tayyorlangan “Baliq qarma”, “Ilonbaliqdan kotletlar”, “Baliq sorpa” kabi taomlari o‘zining mazasi bilan har bir tashrif buyuruvchini bahramand qiladi.
Qoraqalpog‘istonda “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi
© Komitet po turizmu
“Mazkur tadbir milliy baliq taomlarini targ‘ibot qilib qo‘ymasdan, hududdagi boshqa turistik yo‘nalishlariga ham mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qoraqalpog‘istonda “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali o‘tkazildi
© Komitet po turizmu
Keng qamrovli festival dastlab Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos o‘lgan turistik maskani Mo‘ynoq tumanidan boshlangan va keyinchalik poytaxt Nukus shahrida ham o‘tkazilgan.