Qozonda Mirziyoyev va Minnixanov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Minnixanov respublika tarixida ilk bor O‘zbekiston prezidenti Tataristonga tashrif buyurganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qozon shahrida Tatariston raisi Rustam Minnixanov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev v gorode Kazani provol vstrechu s Rustamom Minnixanovim.
Minnixanov respublika tarixida ilk bor O‘zbekiston prezidenti Tataristonga tashrif buyurganini ta’kidladi. U Qozonda o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo forum uchun minnatdorlik bildirdi.
“Forum uchun minnatdormiz. U yuqori saviyada o‘tdi. Biz bugun amalga oshirayotgan loyihalar nafaqat yirik sanoat korxonalari, balki kichik va o‘rta biznesni ham qamrab olmoqda”, - dedi Tatariston rahbari.
Minnixanov o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston-Tatariston tovar aylanmasi 50 foizga o‘sgani, 2023-yilning birinchi yarmida 30 foizgacha o‘sganini eslatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan hamkorlik va integratsiya uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev ikki respublika delegatsiyalari faol ish olib borayotgani, Qozonda forumning muvaffaqiyatli o‘tgan buning dalili ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Rustam Minnixanov va Shavkat Mirziyoyev bugun birgalikda amalga oshirilayotgan aniq loyihalarni muhokama qilishdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi. Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifini Tataristondan boshladi. Tashrif doirasida Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ko‘rgazma doirasida Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari forumida erishilgan kelishuvlarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 30 foizga oshdi — Minnixanov