Bu yil ham g‘ayrioddiy sovuq ob-havo kuzatiladimi

2023 yilning yanvarida respublikaning aksariyat qismida harorat -17...-22 darajagacha pasaygan edi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilgi qish mavsumida g‘ayrioddiy sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmayapti. Bu haqda O‘zgidromet ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev ma’lum qildi.
“Qish mavsumi haqida gapiradigan bo‘lsak, 2023-yilning yanvar oyida bo‘lgani kabi anomal hodisalar kutilmayapti”, — dedi Narzullayev AOKAdagi matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023−2024 yillarning qish mavsumida havo harorati -7…-12 darajagacha, shimolda -17…-22 darajagacha tushishi mumkin.
“Ob-havoda qisqa muddatli bunday sovuq tushishlar odatiy hol hisoblanadi”, - deya tushuntirdi O‘zgidromet mutassisi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvarida respublikaning aksariyat qismida harorat -17...-22 darajagacha pasaygan edi.
Anomal sovuq sababli o‘z ishini to‘xtatgan tadbirkorlarga yordam beriladi