Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualari restavratsiya qilinadi

Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualarining restavratsiyasi bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualari restavratsiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saida Mirziyoyeva Og‘a Xon jamg‘armasining madaniyat masalalari bo‘yicha bosh direktori Lui Monreal, jamg‘armaning madaniyat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari She’roz Allibxay, Og‘a Xon jamg‘armasining Afg‘onistondagi madaniyat bo‘yicha Bosh ijrochi direktori Ajmal Mayvandiy va YuNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova bilan uchrashdi.
Suhbatning asosiy mavzusi — Og‘a Xon jamg‘armasining butun dunyo shaharlari va tarixiy obidalarini qayta tiklash bo‘yicha loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan “Tarixiy shaharlar” dasturi bo‘ldi.
“Og‘a Xon jamg‘armasining madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribasi va yuksak nufuzi sharofati bilan O‘zbekistonning ikkita muhim obidasi: Samarqanddagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon majmualarining restavratsiyasi bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda”, — deb yozadi Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, mazkur noyob tarixiy yodgorliklar mamlakat va butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega. Ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir.
Olov ibodatxonalaridan ko‘k gumbazgacha: O‘zbekistonning eng qadimiy masjidlari — foto