MDH davlat rahbarlari 13-oktabr kuni Bishkekda yig‘iladi

MDH sammitida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar rahbarlarini qatnashishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Bishkek shahrida 13-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat bo‘limi mudiri Muratbek Azimbekov ma’lum qildi.
“Bo‘lajak tadbir davomida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinadi”, - dedi Azimbekov.
MDH sammitida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar rahbarlarini qatnashishi kutilmoqda.
Sammit Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi oxirgi marta o‘tgan yili 14-oktabr Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Kelasi yil O‘zbekistonda MDH adliya vazirlari uchrashadi — tafsilotlar