Xanchjou-2022: Safina Sadullayeva Osiyo o‘yinlari chempioni, Radzivilda “kumush”

Safina Sadullayeva
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo o‘yinlarida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Safina Sadullayeva hamda Svetlana Radzivil balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borishdi.
Safina Sadullayeva stala chempionkoy XIX Aziatskix igr v Xanchjou po legkoy atletike.
Safina Sadullayeva
Musobaqa yakunida Sa’dullayeva oltin, Radzivil esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni qozog‘istonlik Nadejda Duboviskaya yakunlab berdi.
Svetlana Radzivil viigrala serebranuyu medal na sorevnovaniyax po prijkam v visotu na XIX Aziatskix igrax v Xanchjou.
Svetlana Radzivil
Ta’kidlanishicha, g‘olib va sovrindorlar bir xil 1.86 metr natija qayd etishgan. Shohsupdagi o‘rinlar urinishlar soniga qarab taqsimlangan.