Xanchjou-2022: o‘zbekistonlik kanoechilar oltin medalga ega chiqishdi

Poygada Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom To‘xtasin o‘g‘li juftligi marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Xitoyda o‘tayotgan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik kanoechilar oltin medalga ega chiqishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1000 metrga kanoechi yigitlar o‘rtasida kechgan poygada Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom To‘xtasin o‘g‘li juftligi marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarining so‘nggi starti O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli kechdi. Unda ayollar o‘rtasida 200 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur dasturda startga chiqqan Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova juftligi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, baydarkada eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan yana bir medal. 500 metrga kechgan dasturda Shahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Yekaterina Shubina hamda Yuliya Borzova kvarteti marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Xanchjou-2022: O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar bugungi dasturlarni uchta medal bilan yakunladi