O‘zbekiston Qatarga jun mato yetkazib berishi kutilmoqda

O‘zbekiston Qatarga jun mato yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston Qatarga jun mato yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi xabar berdi.
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi boshchiligidagi o‘zbek to‘qimachilik delegatsiyasi Qatarning "Barzan Holdings" kompaniyasi bosh direktori Abdulla al-Xatem bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda tomonlar kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
“O‘zbekistonning "Uzwoolentex" kompaniyasi bilan Qatar kompaniyasiga jun mato yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston-Qatar Ishbilarmonlar kengashi tuzilishi ma’lum qilingandi. Bitim Qatar SSP birinchi vitse-prezidenti Muhammad al-Kuvari va O‘zbekiston SSP raisi Davron Vahabov o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha imzolandi.
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi - ro‘yxat