TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi professional vokal maktabi — "Piyazov akademiyasi" o‘z faoliyatini boshladi. Bu xaqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Uning ochilish marosimi “Temiryo‘lchilar saroyi”da bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda birinchi professional vokal maktabi — "Piyazov akademiyasi" o‘z faoliyatini boshladi.
© Komitet po turizmu
Marosimda akademiya badiiy rahbari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov maktab haqida umumiy ma’lumot berdi.
O‘zbekistonda birinchi professional vokal maktabi — "Piyazov akademiyasi" o‘z faoliyatini boshladi.
© Komitet po turizmu
"Aslida, mazkur akademiyani ochish g‘oyasi ikki yil oldin paydo bo‘lgandi. Akademiyada uchta yo‘nalish bo‘yicha dars o‘tiladi. Birinchisi klassik yo‘nalish — opera hisoblanadi", — dedi Jenisbek Piyazov.
Mazkur yo‘nalishda 10 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Ikkinchisi estrada va maqom yo‘nalishidir. Uchinchi yo‘nalish esa suxandonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, gapirganda tez charchab qolmaslik, ovoz texnikasi o‘rgatiladi.
O‘zbekistonda birinchi professional vokal maktabi — "Piyazov akademiyasi" o‘z faoliyatini boshladi.
© Komitet po turizmu
"Piyazov akademiyasi"da italiyalik taniqli operachilar ham dars berishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, har yili bir yoki ikkita o‘quvchi grant asosida Italiyaga o‘qishga yuboriladi. Qolaversa, 40 kishidan iborat “Bravo” orkestri ham akademiya bilan hamkorlik qilishi kutilmoqda.