TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Emir Kusturitsa kelasi yil suratga olish rejalashtirilgan o‘zining yangi filmi haqida hikoya qilib berdi. Ayni damda u Toshkentda.
Kusturitsa Toshkentda kino ijodkorlari uchun mahorat darsi o‘tkazdi va u yerda Toshkent VGIK talabalari bilan suhbatlashdi, ishtirokchilarning savollariga javob berdi va yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Men yangi film suratga olishni rejalashtirganman. Uning ikkita nomi bor: "Men aybdorman" yoki "Jazosiz jinoyat". Film Dostoyevskiy romanining zamonaviy varianti bo‘ladi va menimcha, bu yaxshi film bo‘lishi kerak”, — deb o‘rtoqlashdi rejissor.
Rossiyalik aktorlar ishtirokidagi suratga olish ishlari 2024-yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Suratga olish ishlari Moskva va Rossiya viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.