TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiya tinchlikparvar kuchlari tunu kun Tog‘li Qorabog‘ hududidan Lochin yo‘lagi orqali mustaqil chiqib ketayotgan tinch aholi avtomobillari xavfsizligini ta’minlamoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, tinchlikparvar kontingentining kuzatuv postlariga zaruriy ichimlik suvi, dori-darmon va yonilg‘i zaxirasi olib kelingan. Muhtojlarga insonparvarlik yordam ko‘rsatilmoqda.
1 oktabr kuni Armaniston bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaran Tog‘li Qorabog‘dan Armanistonga ko‘chib o‘tayotganlar oqimi kamaygani va bu jarayon yakunlanayotganini ma’lum qilgan edi.