O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi - ro‘yxat

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari
Xususan, hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolandi:
O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qatar ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
O‘zbekiston va Qatar Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Qatar Investitsiya agentligi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va Qatar Ma’muriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi va Doha dinlarararo muloqot xalqaro markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Qatar Inson huquqlari bo‘yicha milliy qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qatar Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston va Qatar Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi. Ular ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qat’iy intilish bildirishdi.