Sergelidagi hodisadan foydalanib, aholidan pul undirayotganlar aniqlandi

Toshkent shahar hokimligi noinsof shaxslarning gaplariga ishonib, aldanib qolmaslikni so‘radi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Sergelidagi hodisadan foydalanib, aholidan pul undirayotganlar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Sergeli tumanida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa natijasida aholining zarar ko‘rgan uy-joylarini tiklash ishlari davom etmoqda.
Qayd etilishicha, bu ishlarning barchasi aholi uchun bepul amalga oshirilmoqda.
"Afsuski, murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar mavjudligi aniqlandi. Ular hukumat tomonidan bepul amalga oshirilayotgan ishlar uchun yurtdoshlarimizdan pul so‘rab, ularning soddaligidan foydalanmoqda", — deyiladi xabarda.
Xabarda noinsof shaxslarning gaplariga ishonib, aldanib qolmaslik so‘raldi.
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
Sergelidagi uylarga yetkazilgan zarar nega davlat hisobidan qoplanayotgani ma’lum qilindi