Mask usiz Twitter natsist bilan bog‘liq voqeani senzura qilgan bo‘lishini aytdi

Maskning so‘zlariga ko‘ra, usiz natsistni sharaflash Twitter ijtimoiy tarmog‘ida senzura qilingan bo‘lardi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask, agar u Twitter ijtimoiy tarmog‘i egasi bo‘lmaganida, Kanada parlamentida ukrainalik natsist Yaroslav Xunkani sharaflash haqidagi voqea oshkor etilmagan bo‘lardi, deb taxmin qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Kanadalik natsistlarning voqeasiga shu tariqa oydinlik kiritildi. MSM (mainstream media, asosiy OAV - tahr.) bunga e’tibor bermaslikka harakat qildi. Agar olim bu haqda ushbu platformada xabar qilmaganida, dunyo bu haqda bilmas edi, chunki (Kanada bosh vaziri) Trudo voqeani "Rossiya dezinformatsiyasi" deb atab, e’tiborni voqeadan chalg‘itmoqchi bo‘ldi. Avvalgi Twitter buni senzura qilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas”, — deb yozgan X ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

O‘tgan yili ijtimoiy tarmoqni sotib olgan Mask uning xabari ostida “to‘g‘ri” deb yozgan.
Ottava universiteti siyosatshunosi Ivan Katchanovski 98 yoshli Yaroslav Xunka Vladimir Zelenskiyning tashrifi sharafiga Kanada parlamentiga taklif qilingan voqeaga birinchi bo‘lib e’tibor qaratdi. Xunka uni olqishlayotganlarga ruslarga qarshi kurashgan faxriy sifatida tanishtirilgan.
Olim Xunka aslida ukrain millatchilaridan iborat bo‘lgan va nafaqat Qizil Armiya bilan jang qilgan natsist qo‘shinlarining "Galichina" diviziyasining jangchisi ekanligini ta’kidladi va dalillarni taqdim etdi. Bu diviziya yahudiylar, polyaklar, belaruslar va slovaklarga nisbatan vahshiylik bilan tarixda nom qoldirgan.
Katchanovski yozganidek, Forward uning sharhlariga birinchi bo‘lib javob berdi va janjal haqida xabar bergan birinchi G‘arb OAV bo‘ldi, shundan so‘ng bu voqea xalqaro nashrlar sahifalarida keng yoritildi. Kanada bosh vaziri Jastin Trudo keyinroq ukrainalik fashistlarni sharaflagan “dahshatli xatosi” uchun uzr so‘radi, biroq buning uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortdi va parlamentning iste’foga chiqqan spikerini aybladi.
Kanada bosh vaziri natsizm qurbonlaridan kechirim so‘radi, lekin... Video