TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkentda barcha metro bekatlarida poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida olib borilmoqda, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.
Bugun Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekati
© © Tuychi Mirzayev
“Ushbu vaziyat yong‘in sodir bo‘lgan hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekatining me’moriy qismini yengil shikastlagan, ammo bu holat yo‘lovchi va poyezdlarning harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan”, — deyiladi xabarda.
Yer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekati
© Tuychi Mirzayev
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-sentabr kuni, soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi. Avvalroq portlash episentri qanday ko‘rinishda ekani ma’lum qilingandi.