Toshkentdagi omborda kuchli portlash

Sergeli tumanidagi yong‘indan zarar ko‘rganlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi

Aholiga yong‘in oqibatida yetkazilgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Sergeli tumanidagi yong‘indan zarar ko‘rganlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 617–F-sonli farmoyishda nazarda tutilgan.
Farmoyishga ko‘ra, bu bo‘yicha Hukumat komissiyasi (16 kishidan iborat) tashkil etildi.
Shuningdek, omborxonada yuz bergan favqulodda holat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Favqulodda holat oqibatida zarar yetkazilgan har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘riladi.
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
Sergelidagi yong‘in: omborxona portlashiga oid asosiy xabarlar