TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Dunyo va jamiyatdagi o‘zgarishlar migratsiya sohasida yanada moslashuvchan va samarali yechimlarni talab qilmoqda, dedi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari migratsiya organlari rahbarlarining 27-majlisida.
“So‘nggi yillarda sa’y-harakatlarimiz va hamkorligimiz migratsiyani boshqarish va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohasida muhim yutuqlarga erishdi. Biroq, oldimizda murakkab vazifalar va muammolar qolmoqda. Jahondagi voqealar va jamiyatdagi o‘zgarishlar bizdan yanada moslashuvchan bo‘lishni va samarali qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda”, — dedi Rahmonov yig‘ilishni ochar ekan.
O‘zbekiston vakili MDHda migrantlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasi, shuningdek, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuv va hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi va shu bilan birga yangi chaqiriqlarga ham tayyor bo‘lish kerakligini ta’kidladi.
“Yangi texnologiyalar va rivojlanayotgan xalqaro munosabatlar migratsiyaning yangi jihatlarini yuzaga keltirmoqda, biz ularni hisobga olishimiz kerak”, - dedi Rahmonov.
O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari MDH mamlakatlaridagi migratsiya holati, 2019–2023 yillarga mo‘ljallangan MDHning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturining borishini muhokama qiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda MDH doirasida muvofiqlashtirilgan migratsiya siyosati oib borish, hujjatlarni qalbakilashtirish, noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha tadbirlar va maxsus operatsiyalarni o‘tkazish tajribasi bo‘yicha ma’lumotlar tinglandi.
Undan tashqari migratsiya xizmatlari sohasida hujjat aylanishini raqamli shaklga zo‘tkazish, bu boradagi milliy qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va Hamdo‘stlik mamlakatlari migratsiya organlarining huquqni qo‘llash amaliyoti, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlarning Parlamentlararo Assambleyasi delegatsiyalari ishtirok etdilar.