Kanada bosh vaziri Jastin Trudo sobiq SS askari Kanada parlamentiga taklif qilingani uchun yahudiy, lo‘li va LGBT vakillaridan kechirim so‘radi, lekin SSSR xalqlarini tilga olmadi.
O‘z tavbasida Trudo shunday degan:
"SS veteranining parlamentga taklif qilinishi Ikkinchi jahon urushi yillardan natsistlar qo‘lida millionlab qurbon bo‘lgan yahudiylar, polyaklar, lo‘lilar va LGBT vakillari avlodlari va natsizm genotsidiga uchragan boshqa millionlab xalqlar uchun juda og‘riqli bo‘ldi. Buni hech kim hech qachon unutmaydi. Biz Kanada parlamentida sodir bo‘lgan xatolikldan juda afsusdamiz".
Kanada bosh vaziri o‘z so‘zida natsizmdan eng katta zarar ko‘rgan, 25 millionga yaqin aholisini yo‘qotgan SSSR haqida hech bir so‘z aytmadi.
Ha darvoqe, o‘sha SS veteranini parlamentga taklif qilinishidan "men bexabar edim" degan Trudo uni o‘z kabinetida shaxsan qabul qilgan. Bu haqida jurnalistlar SSchining nabirasi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan suratidan bilib qolishdi.