Yangi yuk tashuvchi transportlar utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

2024-yil 1-yanvargacha yangi yuk tashuvchi transport vositalarini import qilishda bojxona boji stavkasi 5 foiz miqdorida o‘rnatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yangi yuk tashuvchi transportlar utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi. 26-sentabr kuni buni nazarda tutuvchi prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga qo‘shimcha kiritildi
Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvargacha yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704 32 9209) import qilishda bojxona boji stavkasi 5 foiz miqdorida o‘rnatiladi va ular utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.
Ayrim transport vositalaridan utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi