“Mazkur kelishuvga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi va yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi BYD avtomobillarini to‘liq zanjir asosida ishlab chiqarish, ya’ni payvandlash, bo‘yash, yig‘ish jarayonlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
“Zavodda dastlab 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, keyinchalik ko‘rsatkichni 300 mingga yetkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
"Bugungi kunda BYD kompaniyasining 7 ta dilerlik va servis markazlari faoliyat olib bormoqda, yil yakuniga qadar boshqa viloyatlarda ham yana 6 ta markazning ochilishi kutilmoqda", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.