“Taqiq kiritayotgan mamlakat eksportor mamlakat bilan taqiq masalalarini kelishmaydi. Chunki bu o‘sha mamlakatning ichki oziq-ovqat xavfsizligi masalasi bilan chambarchas bog‘liq. Ammo hukumatlararo kelishuvlar bor, halqaro meyoriy bitimlar bor. Ularda keltirilgan bandlarni ushbu majburiyatni olgan mamlakatlar bajarishi shart”, — dedi Dilshod Nazirov.
“Ko‘rinib turibdiki, mazkur ulush ichki bozorimizdagi bug‘doy va don mahsulotlari narxiga ta’sir qilish darajasida emas. Shu bilan birga bu yil O‘zbekistonda 8,1 mln tonna bug‘doy hosili yetishtirilgan bo‘lib, mamlakat to‘liq o‘zining bug‘doyini qayta ishlash va ta’minotga yo‘naltirish quvvatiga ega. Ehtiyojdan ortiq darajada mahsulot mavjud. Xavotirga aslo o‘rin yo‘q”, — dedi u.
“Demak, bozorimiz bug‘doy mahsuloti bilan to‘liq ta’minlangan va uni qayta ishlash jarayonlari jadallik bilan amalga oshirilyapti. Natijada mahalliy bozorga mahalliy un mahsuloti yetarlicha taqdim etilmoqda. Bu borada aslo taqchillik kuzatilgan emas”, — deya qayd etdi Nazirov.