TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Germaniya Ukrainaga yetkazib bergan qurol-yarog‘larning bir qismi eskirgan yoki ishlamagan. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok CNN telekanaliga bergan intevyusida ma’lum qildi.
“Agar sen faqat va’da bersang va bajarmasang, hatto biror bir narsa yetkazib bersang, va u ishlamasa, bu yordam bermaydi. Ayrim tizimlarimiz allaqachon eskirgan, ayrimlari ishlamasligini biz avval boshdan bilardik va bu haqda aytganmiz”, - dedi Berbok.
Germaniya TIV Berlin Kiyevga uzoq masofaga uchadigan “Taurus” raketalarini yetkazib berishi yoki bermasligini ayta olmasligini ta’kidladi. Buning uchun hamma tafsilotlarga oydinlik kiritib olmoqda zarur: ular qanday ishlaydi, ularni kim boshqaradi.
“Ukrainaning vaqti kamligini tushunaman, biroq biz biror bir narsa bersak, u ishlashi kerak”, - dedi u.