TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Yojef Rojani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Saidov uchrashuvda elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olgan.
“Hamkorligimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik. Janob elchiga mamlakatimizdagi yangi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozgan vazir.
Vengriya 2016-yilda Toshkentda o‘z elchixonasini ochgan, 2023-yil martida esa O‘zbekiston elchixonasi Budapeshtda o‘z faoliyatini boshladi.