"SAMO" MChJning farmatsevtik faoliyati tekshirilmoqda — Uzpharmcontrol

Bolalar ommaviy zaharlanishiga olib kelgan yod preparati ishlab chiqaruvchisi "Samo" MChJ faoliyati tekshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. "SAMO" MChJ korxonasining farmatsevtik faoliyati bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi".

SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan "Antistrumin" dori vositasini ishlab chiqargan "SAMO" MChJ korxonasida farmatsevtik faoliyat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda, - deyiladi xabarda.

Tekshiruv davomida dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish qonunga muvofiq amalga oshirilgani, shuningdek, "Antistrumin" dori vositasining xavfsizlik ko‘rsatgichlari o‘rganib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada O‘zbekistonda tarkibida yod moddasi bo‘lgan "Antistrumin" dori vositasini iste’mol qilish oqibatida Namangan viloyatidan bir necha o‘nlab bolalar o‘zini yomon his qilishni boshlagan edi. Shundan so‘ng SSV maktab va bog‘chalarda bepul tarqatish belgilangan ushbu dori vositasidan foydalanishni darhol to‘xtatgan edi.
Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bolalarni borib ko‘rdi