TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida ayni paytgacha 4 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ilk medal akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida yengil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi. Sportchilar final dasturida marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va kumush medalini qo‘lga kiritishdi.
© NOK
Akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yengil vaznli sportchilar bahsida o‘zbekistonlik Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliyevlar bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin va kumush medallari esa Xitoy hamda Hindiston jamoalariga nasib etdi.
© NOK
M2x dasturida ishtirok etgan Shahboz Xolmirzayev hamda Mehrojbek Mamatqulov juftligi esa kumush medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali esa Indoneziyaga nasib etdi.
M2- dasturida qatnashgan o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Shehroz Hakimov hamda Dilshodjon Xudoyberdiyev marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tishdiva kumush medal sohibi bo‘lishdi. Ushbu dasturda oltin medal Gonkong, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi.
© NOK