TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
Bugun Xitoyning Xanchjou shahrida XIX-Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Otabek Umarov Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.
© Otabek Umarov
"Bu uzoq kutilgan voqea arafasida eng ilhomlantiruvchi uchrashuvdir. Xitoy Xalq Respublikasining muhtaram Raisi Si Szinpin janoblariga va ularning rafiqalari Pen Liyuan xonimga Osiyo Olimpiya Kengashi faoliyatiga bo‘lgan e’tiborlari uchun tashakkur", deb yozadi Umarov o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston delegatsiyasi katta tarkib bilan Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimiga yo‘l oldi. Bayram dasturi Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.