Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Ukraina diversion-razvedka guruhining markazlariga zarba berdi

Zarbalar nishonlarga yetib borgan, barcha obyektlar yakson qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina Qurolli kuchlarining diversion-razvedka guruhlarining razvedka va o‘quv markazlariga havo orqali raketalar bilan zarba berdi. Hujumda dronlar ham ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi habar berdi.

“Yuqori aniqlikdagi uzoq masofali havodan uchiriladigan raketalar va dronlar tomonidan harbiy sanoat obyektlari, shuningdek, radio-texnikaviy razvedka va UQK diversion guruhlarini tayyorlash markazlariga birlashtirilgan zarbalar berdi”, — deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, “zarbalar nishonlarga yetib borgan, barcha obyektlar yakson qilingan”. Vazirlik ushbu infratuzilma aynan qayerda joylashganiga aniqlik kiritmadi.
Bundan tashqari, harbiy harakatlar natijasida UQKning Zaporojye yo‘nalishida 50 ga yaqin, Doneskda - 300 dan ortiq, Kupanskda - 20 tagacha, Krasniy Limanda - 75 dan ortiq, Janubiy Doneskda - 110 gacha, Xersonda - 45 dan ortiq harbiy xizmatchilari yarador bo‘ldi va halok bo‘ldi.
Bir kunda havo hujumidan mudofaa ekipajlari beshta "Storm Shadow" qanotli raketalarini, to‘rtta HIMARS snaradlarini va bitta HARM qayiqqa qarshi raketalarini urib tushirishdi. 75 ta dron yo‘q qilindi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Yangi "Lanset" NATO rejalariga nuqta qo‘ymoqda