Voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgan shaxs 18-yilga qamaldi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 7 yashar qizga tegajog‘lik qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgan shaxs 18-yilga qamaldi, deya xabar berdi Toshkent shahar sudlari.
Shu yilning iyun oyida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 7 yashar qizga tegajog‘lik qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, 20-sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida X. A.ga (1968 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, nafaqada, muqaddam Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismi bilan sudlangan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining raisi Sh. Bakayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq X. A. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarida o‘tattirilishi belgilandi”, — deyiladi xabarda.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.
Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo qanday kuchaytirilmoqda?
Ma’lumot uchun, 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 72 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning qariyb 61 mingdan ko‘pi yoki qariyb 85 foizi oilada sodir etilgan.
Mirziyoyev ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunni imzoladi