TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona pastlab, 74-o‘rindan 75-o‘ringa tushgan. “Oq bo‘rilarning” Osiyo qit’asidagi o‘rni esa o‘zgarmay qolgan – 10-o‘rin.
Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 96, Qozog‘iston 100, Tojikiston 110, Turkmaniston esa 140-o‘rinlarni band etgan.
Argentina hamon reyting peshqadami. Fransiya reytingda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Braziliya kuchli uchlikka yakun yasagan.