TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainani unga yordam berishga urinayotgan kishini cho‘ktirishi mumkin bo‘lgan cho‘kayotgan odamga qiyosladi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
“Cho‘kayotgan odam o‘ta xavfli, chunki u seni o‘zi bilan olib ketishi mumkin... U qutqaruvchini cho‘ktirib yuborishi mumkin”, - dedi Duda Ukrainaning Polsha ukrain qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini taqiqlash qaroridan norozi ekaniga munosabat bildirayotib. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirgan.
Polsha prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Ukraina juda mushkul vaziyatga tushib qolgan, shu bois “yopishish mumkin bo‘lgan har narsaga yopishmoqda”. Dudaning ta’kidlanishicha, Polsha o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qilishi kerak.
“Biz zarardan himoyalash uchun harakat qilishimiz darkor, chunki agar cho‘kayotgan kishi yordam olmasa, u bizni ham cho‘ktirishi mumkin. Demak, biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilishimiz shart va buni samarali va qat’iy bajaramiz”, - dedi Duda.
Polsha rahbari Ukrainani u Polshadan yordam olayotganini yodga olishga chaqirdi. U taqiq faqat importga taalluqli ekani, tranzitga ruxsat berilganini ta’kidladi.
Aprel oyida Polsha Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, g‘allasini olib kirishni taqiqladi. Varshava ortidan Yevropa Ittifoqining yana to‘rt mamlakati – Vengriya, Slovakiya, Ruminiya va Bolgariya bunday taqiqni joriy etdi. Bu mamlakatlar bu qarorni bankrot bo‘lishi mumkin bo‘lgan fermerlarning shikoyati sabab qabul qilishganini tushuntirishdi.
Bu chorani Yevropa komissiyasi ham ma’qulladi. Ammo 15-sentabr kuni Yevropa komissiyasi taqiqni uzaytirishtirishdan bosh tortdi. Polsha, Vengriya va Slovakiya buni qabul qilmay, o‘zlari mustaqil ravishda taqiqni uzaytirishdi. Polsha uni muddatsiz uzaytirgan.
Bu chorani Yevropa komissiyasi ham ma’qulladi. Ammo 15-sentabr kuni Yevropa komissiyasi taqiqni uzaytirishtirishdan bosh tortdi. Polsha, Vengriya va Slovakiya buni qabul qilmay, o‘zlari mustaqil ravishda taqiqni uzaytirishdi. Polsha uni muddatsiz uzaytirgan.
Ukraina Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qildi. Polsha bunga javoban agar g‘alla eksporti masalasi hal etilmasa, Ukrainaning YeIga qo‘shilishiga rozi bo‘lmasligidan ogohlantirdi.