TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya iqtisodiyotining sanksiyalardan so‘ng tiklanish bosqichi yakunlandi, deya ma’lum qildi mamlakat prezident Vladimir Putin 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan federal budjet loyihasi bo‘yicha yig‘ilishda.
“Umuman olganda, Rossiya iqtisodiyotining tiklanish bosqichi yakunlandi, deb aytishimiz mumkin”, — dedi davlat rahbari.
Uning ta’kidlashicha, mamlakat G‘arb va ba’zi bir do‘st bo‘lmagan davlatlardagi hukmron elitaning sanksiyalar hujumi ko‘rinishidagi misli ko‘rilmagan tashqi bosimiga dosh berdi.
G‘arb Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Rossiyaga qarshi muntazam sanksiyalar kiritib kelmoqda. Putin ta’kidlaganidek, Moskvani tiyish va zaiflashtirish siyosati G‘arb davlatlarining uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, cheklovchi choralar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning asosiy maqsadi millionlab odamlarning hayotini yomonlashtirishdir.