TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Toshkent viloyatining Parkent tumanida uzum va vinochilik festivali davom etmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Andijon, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlari dehqonlari Zarkent qishlog‘iga uzum va vinoning turli navlarini olib kelishdi. “Rizamat”, “Charos”, “Kishmish”, “Husayn” uzumidan tayyorlangan ichimliklarni har kim tatib ko‘rishi mumkin.
Ular joriy mavsumda Toshkent viloyatida qariyb 115 ming tonna uzum yetishtirishni mo‘ljallamoqda. Hosilning bir qismi MDH mamlakatlariga, jumladan, Rossiyaga eksport qilinadi.