TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Transport vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Prezidentning 12-sentabrdagi qarori bilan Omarov Mamanbiy Allabergenovich O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Qoraqalpog‘iston respublikasi transport vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Transport vazirligi Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.