TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya hech kimga tahdid solayotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Biz hech kimga tahdid solayotganimiz yo‘q. Bugungi kunda dunyoda yaratilayotgan eng katta tahdidni hozirgi (G‘arbdagi) hukmron elitalar yaratmoqda va darvoqe, bu haqda ularning o‘zlari gapirishmoqda. Bir necha yil oldin sobiq mudofaa vaziri, yanglishmasam, janob Geytsning aytgandiki, AQSh uchun eng katta tahdid Kapitoliy, menimcha, yoki Oq uy joylashgan hududdan keladi. O‘zlari bu haqda gapirishadi. Tahdidni esa chetdan izlashadi ”, – dedi Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda.