Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida qanday hujjatlar imzolandi?

2024-2026 yillarda OQXJga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida 5 ta hujjat imzolandi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Tojikistonda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Tojikistonning 2020-2023 yillarda jamg‘armaga raisligi yakunlari sarhisob qilindi. Orol dengizi havzasida ekologiya, suv xo‘jaligi va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda jamg‘arma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida jamg‘arma ta’sischi davlatlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining Dushanbe bayonoti;
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining Tojikiston Respublikasining OQXJdagi raisligi yakunlari to‘g‘risida qarori;
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2024-2026 yillarga OQXJ prezidenti etib saylangani to‘g‘risidagi qarori;
Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining OQXJ tashkiliy tuzilmasi va shartnoma-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi qarori.
2024-2026 yillarda OQXJga raislik Qozog‘istonga o‘tdi.
Orolni qutqarish: Mirziyoyev Dushanbedagi sammitda qanday takliflarni ilgari surdi