Futzal bo‘yicha dunyoning eng taniqli murabbiylardan biri O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi mamlakatda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Futzal bo‘yicha dunyoning eng taniqli murabbiylardan biri Xose Venansio Lopes O‘zbekistonga keladi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Xose Venansio Lopes
O‘zbekiston futzal terma jamoasi mamlakatda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, jamoani muhim turnir oldidan yanada yuqori darajaga olib chiqish borasida sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
“Jahonda yuksak mavqega ega mutaxassis Xose Venansio Lopes yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurib, O‘FA rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Venansio ikki bor Ispaniya terma jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan. Jahon chempionati finaliga olib chiqqan. Klublar o‘rtasida Yevropa chempioni. Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor superkubok sohibi. Shuningdek, 5 bor dunyoning yaxshi murabbiyi deb topilgan.
Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha jahon chempionti 2024-yil 14-sentabr - 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning kuchli 24 jamoasi chempionlik uchun kurash olib boradi.