Saidov Tojikistonda o‘tkazilgan vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida vazirlar yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 13-sentabr kuni Tojikistonda o‘tkazilgan vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin janoblariga Dushanbe shahridagi samimiy qabul uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz”, - deb yozadi Saidov.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida vazirlar yig‘ilishi o‘tkazilgan. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi kun tartibi hamda unda ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar loyihalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining V maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.