TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekistonda rus tiliga bo‘lgan qiziqish o‘sib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston davlat yoshlar teatri direktori Farhod Jo‘rayev ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Jo‘rayev “2023: MDHda rus tili millatlararo muloqot tili yili” munozaralarida nutq so‘zlagan. U O‘zbekistonda 10 mingta mahalla borligini eslatgan.
Jo‘rayevning ta’kidlashicha, statistikaga ko‘ra, mamlakatda 1 million rus yashaydi. O‘zbekistonda ta’lim rus tilida olib boriladigan 2 mingtaga yaqin maktab mavjud.
“O‘ylaymanki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda rus tiliga qiziqish faqat ortib bormoqda”, - dedi u.