TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yashil o‘sish global instituti Kengashi raisi, Assambleya prezidenti Pan Gi Mun bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Muloqotda qo‘shma dasturlar, jumladan, “GGGIning O‘zbekiston bo‘yicha 2021 – 2025-yillarga mo‘ljallangan rejalashtirish strategiyasi” va “2019-2030 yillar davrida O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” doirasidagi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Baxtiyor Saidov vstretilsya Prezidentom Assamblei Globalnogo instituta zelenogo rosta
© Press-slujba MID Uzbekistana
“Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, yashil ish o‘rinlari yaratish, barqaror xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini ko‘paytirish, energiya samaradorligini oshirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa yo‘nalishlarga qaratilgan amaldagi hamda muvaffaqiyatli loyihalar natijalarini ko‘rib chiqildi”, - deyiladi xabarda.
Global Yashil rivojlanish institutining (GGGI) O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2022-yilda ochilgan. Uning respublikadagi vakolatxonasi institutning MDH davlatlari, xususan, Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi hisoblanadi.
Tashkilot 2012-yil 20-iyunda Braziliyada Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT konferensiyasi doirasida tashkil etilgan. Uning maqsadi yashil iqtisodiyotni rivojlantirish orqali mamlakatlarning barqaror iqtisodiy o‘sishiga yordam berishdan iborat.