O‘zbekistonda ishdan olish va tayinlovlar — 4-sentabrdan 11-sentabrgacha

Sputnik o‘tgan haftada respublikaning turli idoralari va ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan tayinlovlarni to‘pladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘tgan haftada Favqulodda vaziyatlar vazirligi va oliy ta’lim tizimida rahbarlar o‘zgardi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Ravshan Xaydarov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Kabul Berdiyev ushbu lavozimdan ozod etildi.
Ravshan Xaydarov
Xaydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
To‘rtta oliy o‘quv yurtiga yangi rektorlar, shuningdek, tarmoqlararo institutga ijrochi direktor tayinlandi.
Shahnoza Sultonova Toshkentdagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlandi. U texnika fanlari doktori, dotsent.
Shaxnoza Sultonova
Ilhomjon To‘xtasinov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi. U 2016-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimida ishlab kelgan.
Ilxomjon Tuxtasinov
Jahongir Qarshiboyev Guliston davlat pedagogika instituti rektori bo‘ldi. U lavozimga tayinlangunga qadar mazkur universitetda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va boshqa lavozimlarda ishlagan. U biologiya fanlari doktori, dotsent.
Jaxongir Karshibayev
Rivojiddin Karimov Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Xasanov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.