Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha Tata turnirida 2-o‘rinni egalladi

Hindistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqanng blis yo‘nalishida Nodirbek 11 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov Hindistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro shaxmat musobaqasida 2-o‘rinni egalladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Kalkutta shahrida bo‘lib o‘tgan “Tata Steel India” an’anaviy turnirining blis yo‘nalishida Abdusattorov 11 ochko jarg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Turnirda 1-o‘rinni, rossiyalik shaxmatchi Aleksandr Grishuk egalladi - 12 ochko. Hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa 11 ochko to‘plab uchinchi o‘rinni egalladi.
Turnirning rapid yo‘nalishida g‘oliblikka erishgan fransiyalik Maksim Vashye-Lagravva blis bahslarini 5-o‘rinda, ozarbayjonlik Timur Rajabov so‘nggi qatorda yakunladi.