Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari yana "Challenger" tankini yo‘q qildi

Baliskiy aytishiga ko‘ra, Britaniya tanklari zirh quvvati jihatidan "o‘zini umuman yaxshi ko‘rsata olmagan".
Sputnik
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojye viloyatida Britaniyaning "Challenger 2" tankini yo‘q qildi, dedi viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy “Rossiya 24” telekanali efirida.

"Bu hududda UQK ixtiyorida yettita "Challenger 2" tanki bor. Biz ularni havodan ko‘rdik. Hozir to‘rttasi Stepnogorsk yaqinida, ikkitasi Orexovda turibdi. Ikkitasi oldinga chiqdi va biz ularga qarshi tankka qarshi raketa bilan "ishladik". "Kornet" (tankka qarshi boshqariluvchi raketa)ning birinchi zarbidanoq "Challenger" yonib ketdi. Biz jami 2 ta tankni yo‘q qildik. Ular joyida qoldi", - deydi viloyat rahbari.

Baliskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari shikastlangan tanklarni, og‘irligi katta bo‘lgani uchun, jang maydonidan evakuatsiya qila olmaydi. Endi ular muzey eksponatiga aylanadi, deydi amaldor.
Baliskiy aytishiga ko‘ra, Britaniya tanklari zirh quvvati jihatidan "o‘zini umuman yaxshi ko‘rsata olmagan".
Eslatib o‘tamiz, hafta boshida maxsus operatsiya hududida birinchi "Challenger 2" tankining yo‘q qilinishi Britaniya uchun noxush yangilik bo‘lgan edi. "The Guardian" gazetasi yozishiga ko‘ra, ushbu tank harbiy xizmatga qabul qilingan 1994-yildan buyon bu jang maydonida yo‘q qilingan birinchi "Challenger" bo‘lgan. Qirollik Mudofaa vaziri Grant Shapps birinchi Chellejer yo‘q qilinganini tasdiqlab, uning o‘rniga yangi tank yuborilmasligini ham aytgan edi. Umumiy hisobda Britaniya Ukrainaga 14 ta "Challenger" 2 tankini yetkazib bergan edi.
Britaniya Ukrainada “Challenger 2” tanki yo‘q qilinganini tan oldi