TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash taqiqlanmoqda. Bu prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–867-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Qonun bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi
Unga ko‘ra, aholi tomonidan ayrim turdagi yovvoyi hayvonlarning yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlanadi.
Mazkur hayvonlarning ro‘yxati hamda ularni yuridik shaxslar (tashkilotlar) saqlashi tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.