U-23 Osiyo kubogi saralash bahslari: bugun O‘zbekiston jamoasi Afg‘onistonga qarshi o‘ynaydi

O‘yin Toshkentdagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Afg‘onistonga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichida bahslarga kirishadi.
Ular dastlabki turda Afg‘onistonga qarshi maydonga chiqishadi.
O‘yin soat 19:00 da “JAR” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga kirish bepul.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 6-12 sentabr kunlari futbol bo‘yicha 2024-yilgi U-23 Osiyo kubogining saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining barcha o‘yinlari soat 19:00 ga belgilandi.
O‘zbekiston 9-sentabr kuni Gonkong, 12-sentabr kuni esa Eron bilan o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 15 aprel-3 may kunlari Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion turnir vazifasini o‘tab beradi. Unda dastlabki 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rin egasi qit’alararo pley-off bosqichi orqali kurashni davom ettiradi.