1936 yil 6-sentabr kuni “SSSR xalq artisti” unvoni ta’sis etilgan. Birinchi 13 nafar laureat orasida Konstantin Stanislavskiy va Vladimir Nemirovich-Danchenko bor edi.
Muslim Magomayev eng yosh SSSR xalq artisti, ozarbayjonlik estrada va opera xonandasi 31 yoshida unvonga sazovor bo‘lgan. Ayollardan qozog‘istonlik opera xonandasi Kulyash Bayseitova eng yosh SSSR xalq artisti bo‘lgan. U 24 yoshida bu unvonga loyiq ko‘rilgan.
O‘zbek milliy raqs san’atining mohir namoyondasi Mukarrama Turg‘unboyeva ham bu unvonga sazovor bo‘lgan. Mukarrama Turg‘unboyeva tomonidan yaratilgan "Tanovar", "Munojot" kabi raqs san’ati durdonalari XX asrning nodir raqslari turkumiga kirgan.
Turg‘unboyeva tashkil qilgan "Bahor" Davlat raqs dastasi yer kurrasining juda ko‘p mamlakatlarida bo‘lib, o‘zbek raqs san’atining noyob durdonalarini namoyish etgan.