Xitoy ShHT doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtiradi — Si Szinpin

Si Szinpin: Xitoy ShHT davlatlari bilan huquqiy hamkorlikni chuqurlashtiradi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Xitoy Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlari bilan huquq sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlari yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik maktubida ma’lum qildi.

“Xitoy ShHTga a’zo boshqa davlatlar bilan yangi davrda huquq va sud boshqaruvi sohasida almashinuv va hamkorlikni doimiy ravishda chuqurlashtirish uchun ishlashga tayyor”, - deyiladi tabrik matnida.

Seshanba kuni Shanxayda ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining o‘ninchi yig‘ilishi ochildi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston kiradi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka. 2022-yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Belarusni tashkilotga qabul qilish tartibini boshlash to‘g‘risidagi hujjat qabul qilingan edi.
O‘zbekiston va YeOII
BRIKS–ShHT–EOII qo‘shma sammitlari muntazam o‘tkaziladi – ekspert