Sherali Jo‘rayev — biografiya

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning tarjimai holi.
Sputnik
Sherali Jo‘rayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. 1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ni tamomlagan.
Farrux Zokirov i Sherali Jo‘rayev
Mehnat faoliyati
1972 yilda “Shodlik” ashula va raqs ansambli xonandasi;
1979-1986 yillarda Andijon viloyati filarmoniyasi xonandasi;
1986-1996 yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi;
1996-2017 yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi;
2017-2023 yillarda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.
So‘nggi yillarda “Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi vazifasida samarali mehnat qilib, xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashda xizmat qildi.
Jo‘rabek Murodov i Sherali Jo‘rayev
Sherali Jo‘rayev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari, shuningdek, “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Jo‘rayev besh farzandning otasi: ikki o‘g‘il va uch qiz. O‘g‘illari Shohjaxon va Zoirshoh Jo‘rayevlar ham xonanda.
Jo‘rayevning “O‘zbegim”, “Parijon”, “Gulandon”, “Gulbadan”, “Birinchi muhabbatim”, “Do‘st bo‘lsang yonimda tur”, “Keldi bahor”, “Odam”, “Ey dil” kabi qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan.